“Ziyo maskanida eng zo‘r g‘oyalarni kashf qilamiz”
#Sayohat_2025
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida sayohat tashkil etildi Joriy yilning 10-dekabr kuni Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida “Ziyo maskanida eng zo‘r g‘oyalarni kashf qilamiz” nomli ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida "Nurlikent" MFY aholisi kutubxona mutaxassislari tomonidan AKMning faoliyati, taqdim etiladigan xizmatlar, axborot-kutubxona fondi hamda kutubxonadan foydalanish qoidalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar kutubxonaning bolalar bo‘limi, mavjud kitob ko‘rgazmalari va boshqa imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Ushbu ma’rifiy sayohatda 33 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi.
https://t.me/zomin_kutubxona/21747