“Zukko bolajon!”
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Zomin "Yulduzcha" bolalar sog'lomlashtirish oromgohi bilan hamkorlikda joriy yilning 17-iyul kuni yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Zukko bolajon" loyihasi asosida sport musobaqalari tashkil etildi.
Sportning foydalari haqida qisqacha aytsam: Sog‘likni mustahkamlash — sport bilan shug‘ullanish yurak-qon tomir tizimini, nafas olish organlarini yaxshilaydi, mushaklarni kuchaytiradi va umumiy sog‘likni mustahkamlaydi. Vazn nazorati — muntazam jismoniy faollik vaznni nazorat qilishga yordam beradi, ortiqcha yog‘larni yo‘q qiladi. Ruhiy salomatlik — sport stressni kamaytiradi, kayfiyatni ko‘taradi va depressiya xavfini kamaytiradi.
Ijtimoiy aloqalar — jamoaviy sportlar odamlar bilan muloqot qilish, do‘stlik o‘rnatish imkonini beradi.